TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoverini ishlab chiqaradi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida yangi model bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Davlat rahbari yangi avtomobilning xususiyatlari, ichki va tashqi ko‘rinishi bilan tanishdi. Xabarda aytilishicha, yangi modelning qachondan boshlab ishlab chiqarilishi hozircha aniq emas. Tracker Toshkentda yirik uzelli yig‘ish asosida ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda.
GM Uzbekistan 2015-yilda ushbu avtomobilni Rally Muynak avtorallisida sinovdan o‘tkazgan.
Shevrolet Tracker — kompakt sinfidagi krossover bo‘lib, ilk marta 2012-yilda Parij avtosalonida namoyish etilgan.
Avtomobil besh o‘rindiqli, 7 duymli sensorli ekran, navigator va orqani ko‘rsatuvchi kamera bilan jihozlangan. Dvigateli quvvati 140 ot kuchiga teng.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.