Qozog‘istonda 100dan ortiq migrantlar sovuqdan qutqarib qolindi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishSilnie morozi
Silnie morozi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akmola viloyatida politsiya va FVV xodimlari qattiq sovuqdan buzilib qolgan ikki avtobus yo‘lovchilarini isinish punktlariga evakuatsiya qiliishdi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari mingan ikkita avtobus Qozog‘istonning Akmola viloyati hududida buzilib qoldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan viloyat IIB matbuot xizmatiga asosan.

O‘tgan tunda politsiya “Astana – Petropavlovsk” yo‘lida Van Hool avtobusi buzilib qolgani haqida xabar olishgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha avtobusga quyilgan dizel yonilg‘isi qattiq sovuqdan muzlab qolgan. Salonda 43 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ikki nafar haydovchi va yo‘lovchilar – O‘zbekiston fuqarolari.

Avtomobilnaya doroga - Sputnik O‘zbekiston
FVV kuchli sovuq bo‘lishi sababli Qozog‘istonga yo‘lga chiqmaslikka chaqirmoqda

Qutqaruv xizmati yo‘lovchilar va haydovchilarni Shortandin tumani Bozaygir qishlog‘ida joylashgan kasb-hunar o‘quv yurtida tashkil qilingan isinish punktiga olib borishgan.Ular issiq ovqat va yotishga joy bilan ta’minlangan.

Undan tashqari yakshanbadan dushanbaga o‘tar oqshomi Bulandin tumani politsiya xodimlari “Merke — Tumen” yo‘nalishida harakatlanayotgan, buzilib qolgan Setra avtobusi yo‘lovchilariga yordam berishgan. Avtobusda 2 nafar haydovchi va 55 nafar yo‘lovchilar – Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Ularning barchasi isinish punktlariga evakuatsiya qilingan.

Ushbu haftada kuzatilayotgan kuchli sovuqdan Akmola viloyatidagi barcha avtomobil yo‘llari barcha yo‘nalishda qatnayotgan jamoat transporti uchun yopilgan. Politsiya kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Fuqarolardan vaqtincha uzoq masofaga sayohatga chiqishdan voz kechish so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada “Samara — Shimkent” yo‘lida 57 nafar yo‘lovchi mingan avtobus yonib ketib, 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘lgan edi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, yong‘in “olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish” oqibatida kelib chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0