FVV kuchli sovuq bo‘lishi sababli Qozog‘istonga yo‘lga chiqmaslikka chaqirmoqda

© FlickrAvtomobilnaya doroga
Avtomobilnaya doroga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlarida kuchli sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan bo‘ron ogohlantiruvi e’lon qilingan

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Yaqin kunlarda Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlarida kuchli sovuq bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabariga asosan.

Samolet Il-76TD MChS RF v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘beda halok bo‘lganlar jasadlari Toshkentga olib kelindi

Xabarda aytilishicha, Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlarida kuchli sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘istonning markaziy viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan, kuchli shamol esadi, harorat kunduzi —30…-33 daraja, kechasi —34…-37 daraja bo‘ladi.

Qozog‘istonning shimoliy viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan, kuchli shamol esadi, harorat kunduzi —34…-37 daraja, kechasi —39…-42 daraja bo‘ladi.

Sharqiy Qozog‘istonda ob-havo o‘zgaruvchan, kuchli shamol esadi, harorat kunduzi —30…-33 daraja, kechasi —33…-36 daraja bo‘ladi. Shu munosabat bilan bo‘ron ogohlantiruvi e’lon qilingan.

Shu ikki kun ichida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan 2 ta avtobus Akmolinsk viloyati trassasida to‘xtab qolgan. Salonda 43 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Qutqaruvchilar barcha yo‘lovchilarni Shortandin tumani Bozaygir qishlog‘ida qutqaruv punktiga olib borilib, issiq ovqat va dam olish joylari bilan ta’mirlandi.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda avariyada qurbon bo‘lganlarning aksariyati Namangan viloyatidan

Politsiya xodimlari Bulandinsk tumanida Merke — Tumen yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqib, buzilib qolgan Setra avtobusi yo‘lovchi va haydovchilarga yordam berishdi. Ushbu avtobus salonida 2 ta haydovchi va 55 ta Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar issinish punktiga evakuatsiya qilindi.

Kuchli sovuq tushishi munosabati bilan Akmolinsk viloyatining barcha yo‘nalishdagi yo‘llar yopib qo‘yilgan, politsiya kuchaytirilgan tartibda xizmatni o‘tamoqda.

FVV Qozog‘istonning shimoliy, sharqiy va markaziy viloyatlariga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga vaqtinchalik yo‘lovchi avtobus va shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanmaslikni iltimos qilgan.

Yangiliklar lentasi
0