TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkentda fohishalarga nisbatan kurash kuchaymoqda, deb xabar bermoqda "Kun.uz" nashri.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida olib borilgan "ORIYaT" tadbiri davomida jami 30ta holat aniqlangan.
Xususan, 13-aprel kuni Yashnobod tumanida 4 nafar fohisha ayol va 7 nafar hind millatiga mansub xorijlik fuqaro fohishaxonada ushlangan. Ayni vaqtda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayapti.
Muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobda turuvchilar o‘rtasida ham profilaktik ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 674 nafar muqaddam sudlangan shaxslar, 1046 nafar ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazilgan.