1000 dollar evaziga hujjat to‘g‘rilamoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xodim hech kanday to‘lov to‘lanmaydigan kadastr xizmatlari uchun undan 1000 AQSh dollari so‘raydi.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yer maydoni kadastr hujjatlarini pora evaziga "to‘g‘rilashga" va’da bergan xodim jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda "Huquq" gazetasi xabar qildi.

Rabota za kompyuterom. Klaviatura - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jinoiy ishlarni elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilgan

Xabarda aytilishicha, Ellikqal’a tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan X.Saparov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) hududdagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari J.Ibadullayevga uning yer maydoni kadastr hujjatlarini "to‘g‘rilashga" yordam berishini aytadi.

Xodim hech kanday to‘lov to‘lanmaydigan kadastr xizmatlari uchun undan 1000 AQSh dollari so‘raydi.

Avvaliga fermerlik harakatini kengaytirish, ya’ni qo‘shimcha parrandachilik bilan shug‘ullanish maqsadida 6 gektar yer maydoniga ega bo‘lish ishtiyoqidagi fermerga bu va’dalar ma’qul tushadi va u aytilgan miqdordagi pulni berishga rozi bo‘ladi.

Biroq, oradan kunlar o‘tib, J.Ibadullayev bu harakatlarning "ma’no"sini tushunadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi.

Uning murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda X.Saparov J.Ibadullayevdan firibgarlik yo‘li bilan talab qilingan pulning 800 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi va sudning hukmiga binoan jinoiy jazoga tortildi.

Yangiliklar lentasi
0