TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 23-yanvardan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi 17,55 so‘mga ko‘paydi va 8163,93 so‘mni tashkil qildi.
Yevroning kursi esa 13,13 so‘mga ko‘tarilib, 9978,77 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli 11 ga tiyinga qimmatlashib, 144,08 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftda Markaziy bank 2017-yilda sotilgan va xarid qilingan xorijiy valyuta to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida xabar bergandik.
O‘zbekistonda 2017-yil 5-sentabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 2017-yil sentabr-dekabr oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan 854 million dollarni sotib olingan. Valyutani aholiga sotishga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston banklari tomonidan aholiga esa 56 million dollar sotishgan.