O‘zbekistonda mart oyigacha bankomatlar soni 600taga yetkaziladi

© uz24.uzNa rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix
Na rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning birinchi choragi mobaynida yana 150 ta bankomat o‘rnatilib, ularning soni 595 taga yetkaziladi

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Joriy yil mart oyi oxirigacha naqd pul olish mumkin bo‘lgan bankomatlar soni qariyb 600 taga yetkaziladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Rabota Sberbanka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi valyuta almashtiruvchi bankomat ishga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekistonda tovarlar va xizmatlar, shuningdek boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bank kartalari orqali to‘lovlar hajmi 53 trillion so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yil natijalari bo‘yicha tovarlar va xizmatlar, shuningdek boshqa to‘lovlarda aholining bank kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar ulushi 57 foizni tashkil etdi.

Banklar tomonidan mijozlarning bank kartalaridan naqd pullarni istalgan paytda olish imkoniyatlarini kengaytirilishi natijasida tovar va xizmatlar, shuningdek boshqa to‘lovlar uchun hisob-kitoblarda naqd pullar ulushining ortishi hisobiga bank kartalari bilan hisob-kitoblar ulushining kamayib borishi kuzatilmoqda.

Bank kartalari tizimidan foydalanuvchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish, aholi gavjum joylarda bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 2017-yil dekabr oyida qo‘shimcha 159 ta bankomat o‘rnatilgan va bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

Joriy yilning birinchi choragi mobaynida yana 150 ta bankomat o‘rnatilib, ularning soni 595 taga yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0