TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Italiya ega bo‘lgan 4 turdagi harbiy kuchlarning biri — karabinerlar Sitsiliya mafiyasi bo‘lmish "Koza nostra"ga qarshi kurash doirasida olib borilayotgan yirik operatsiya davomida 50 dan ortiq shaxsni hibsga oldi, ular orasida Agrijento provinsiyasidan 16 mafiya oilalari va San-Byadjio-Platani shahri meri ham bor, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Oilalar" egalik qilgan yettita kompaniya davlat hisobiga o‘tkazilgan, o‘nlab tintuv ishlari amalga oshirilgan.
Qo‘lga olinganlar orasida — 3 ming aholiga ega bo‘lgan kichik shaharcha — San-Byadjio-Platani meri Santo Sabella ham bor. Tergovchilarga ko‘ra, Santo Sabella ushbu lavozimni "Koza nostra"dagi aloqalari tufayli qo‘lga kiritgan va buning evaziga u davlat pudratidan ularga o‘rin ajratishga va’da bergan bo‘lishi mumkin.
Agrijento tarixida eng yirik bo‘lgan ushbu operatsiyaga 400 nafar huquq tartibot organlari xodimlari, shuningdek, vertolet va kinologlar bo‘linmalari jalb qilingan.