TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Ispaniyada “Rus-gruzin mafiyasi” deb nom olgan 20 nafar jinoyatchi ustidan sud jarayoni boshlanmoqda, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Rossiya va Gruziya fuqarolaridan tashkil topgan mafiya a’zolari qotillik, qurol saqlash, soxta kredit kartalarni tayyorlash, firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirish ayblanmoqda.
Prokuratura sudlanuvchilarni 5-yildan 32-yilgacha ozodlikdan mahrum etish talabini qo‘ymoqda. Jinoiy birikma Ispaniya, Italiya, Germaniya, Shveysariya va Fransiyada faoliyat olib borgan.
Mafiya yetakchilaridan biri – Yevropada “Gruziya mafiyasi otasi” deb nom olgan Kaxaber Shushanashvili Barselonada yashagan va 2010-yilda qo‘lga olingan. Uning ustidan sud Madridda bo‘lib o‘tadi. Jinoyatchi 32-yilu 8 oyga qamoqqa olinishi kutilmoqda.