AQSh Rossiyaga qo‘shni davlatlarning urush sharoitiga tayyorligini o‘rganmoqda - OAV

Obuna bo‘lish
AQShni shuningdek, sharqiy-yevropa davlatlaridagi transport infratuzilmasi - portlar, temir va avtomobil yo‘llari, aeroportlar, ko‘priklar haqidagi ma’lumotlar qiziqtirmoqda

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. AQSh mudofaa logistika agentligi beshta Yevropa davlati — Belarus, Ukraina, Moldaviya, Finlyandiya va Polshalarning urush sharoitiga tayyorgarligini bilish maqsadida, ularning infratuzilmasini o‘rganadi, deb xabar qildi RIA Novosti agentligi.

Ximicheskaya zashita - Sputnik O‘zbekiston
Uchinchi jahon urushi yoxud Pentagonga rossiyaliklarning to‘qimalari nima uchun kerak?
Pentagonga bu tadqiqot ushbu mamlakatlarda turli tovarlarni yetkazib berish zanjiri va logistik tarmoqlari haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun zarur. Ta’kidlanishicha, Petagon shunga qarab o‘z sanoatini urush davrida va favqulodda vaziyatlar sharoitida ishlashga tayyorlamoqchi.

Yakuniy hisobotlardan: mahalliy va regional suv va oziq-ovqat manbalari, yoqilg‘i, medikamentlar, sanoat uskunalari va kiyim-kechalarga haqida ma’lumotlar kiritilishi lozim.

Pentagonni shuningdek, qurilish materiallari va texnikalar haqida ham ma’lumotlar qiziqtirmoqda. Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, bayonotlarda mahalliy ishlab-chiqarish quvvatlari va mobillashtirish imkoniyatlari haqida ham aytib o‘tilishi zarur.

AQShni shuningdek, sharqiy-yevropa davlatlaridagi transport infratuzilmasi — portlar, temir va avtomobil yo‘llari, aeroportlar, ko‘priklar haqidagi ma’lumotlar qiziqtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0