TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 16-yanvardan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda yevroning kursi 177,51 so‘mga ko‘tarildi va 9965,47 so‘mni tashkil qildi.
Dollarning rasmiy kursi esa 7,38 so‘mga ko‘payib, 8146,38 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli 92 tiyinga qimmatlashib, 143,97 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.