Tug‘ilish statistikasi: egizaklar soni va eng ommaviy ismlar

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tish7-milliardniy jitel Zemli rodilsya v Kaliningrade
7-milliardniy jitel Zemli rodilsya v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilda O‘zbekistonda qo‘yilgan ismlar orasida eng ommaviysi - Madina va Azizbek.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligining 2017-yil yakunlari bo‘yicha FXDYo sohasida tahliliy natijalar e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilda respublika bo‘yicha tug‘ilgan eng og‘ir chaqaloq vazni 9,870 kg bo‘lgan qiz bola, eng uzun bo‘yli chaqaloq esa – 70 smli o‘g‘il bola bo‘lgan.

Chaqaloqlar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p farzandli ona – Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 9chi farzandni dunyoga keltirgan.

Chaqaloqlarga qo‘yilgan eng ommaviy ismlar  Madina – 5678 qiz bola va Azizbek – 5674 o‘g‘il bola.

O‘zbekistonda 2017-yilda 14382 nafar egizak tug‘ilgan. Bu umumiy tug‘ilishlarning 1,9 %ni tashkil qiladi.

Shuningdek, yil davomida O‘zbekistonda 138 oilada uch egizak va bir Andijon viloyatining shahriston tumanida bir oilada to‘rt egizak tug‘ilgan.

Shu o‘rinda dunyoda har yili tug‘ilayotgan egizaklar statistikasiga nazar solsak, quyidagi vaziyatni kuzatish mumkin:  

Nigeriyada – 4,5 %

Norvegiya, Daniya, Gollandiyada  - 2 %

O‘zbekistonda – 1,9 %

Amerikada – 1,6 %

Yevropada – 1,4 %

Angliyada – 1,3 %

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida – 0,8 %

Yaponiyada – 0,6 %

Xitoyda – 0,4 %

*materinstvo.ru sayti xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0