TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekiston poytaxtida Islom, Sofya, Imron, Imona va Farzona ismlari eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi, deb xabar beradi "Darakchi".
Egizaklarga esa an’anaviy Hasan-Husan, Fotima- Zuhra ismlari qo‘yilgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasining ma’lumotiga qaraganda, Toshkent shahrida 19 mingga yaqin nikoh qayd qilingan. 2016-yilda 49881 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu 2015-yildagiga nisbatan mingtaga ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatdagi demografik holat bo‘yicha hisobot e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, respublika aholisi 2016-yilda 401,8 ming kishiga ko‘paygan va 32,121 million nafarni tashkil etgan.
O‘tgan yil davomida 726,8 ming bola dunyoga kelgan. Toshkent va Navoiy viloyatlarida tug‘ilish koeffitsiyenti sezilarli oshgani qayd etilgan.