Xodimlarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqargan rahbarlarga imtiyozlar beriladi

© Mehnat.uzAbduxakimov Aziz Abdukaxarovich
Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ham ishlovchilarga ham ish beruvchilarga ma’lum imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimov ichki turizmni milliy g‘oyaga aylantirish istiqbollari va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi.

Goskomturizm Uzbekistana rabotayet nad snijeniyem sen na aviapereleti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi aviareyslarga chiptalarni arzonlashtirish ustida ishlamoqda
"Biz, turkiy xalqlarda, qadimdan ziyorat juda rivojlangan. Birgina ziyorat turizmi orqali ham iqtisodiyotimizga juda katta hissa qo‘shishimiz mumkin. To‘g‘ri, aksariyat muassasalarda ishlaydigan xodimlar "Samarqandga borib kelaman" desa, unga yomon ko‘z bilan qarashadi, "ha, dam olmoqchi ekan-da" deb o‘ylashadi. Ammo hammamiz to‘g‘ri tushunishimiz kerak, o‘sha xodim bu ishi bilan iqtisodiyotga naf keltirmoqda. Uzoq qishloqlarda fabrika-zavodlar qurolmaymiz. Lekin agroturizmni rivojlantirsak, o‘sha yerlarda aholi qandaydir daromadga ega bo‘lardi"", — deb fikr bildirdi Abduhakimov.

U bu borada ma’lum chora-tadbirlar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

"Eslaringizda bo‘lsa, Ipoteka kreditlari bo‘lardi. Soliq to‘langanda, davlatni solig‘ini kreditni yopishga ishlatish mumkin edi. Hozirda prezident qo‘llab-quvvatlashi va Moliya vazirligi ma’qullashi bilan shunga o‘xshash tizim yaratilayapti", — dedi Abduhakimov.

Ta’kidlanishicha, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ham ishlovchilarga ham ish beruvchilarga ma’lum imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan.

Aziz Abduhakimov: O‘zbekiston turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega
"Endilikda ish beruvchi o‘z xodimlariga sayohatga sarflagan harajatlarini o‘z soliq bazasidan minus qilsa bo‘ladi", — dedi Abduhakimov va bu borada prezident farmoni va ikki qaror loyihasi tez kunlarda ommaga e’lon qilinishini aytdi.

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda rahbarlar orasida Saviskiy muzeyiga qiziqish ortgan, 

"Qish fasli ekaniga qaramay, Saviskiy to‘lib yotibdi. Havo —15 daraja ekanligiga qaramay, xorazmliklar va Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlari yashovchilari 1-2 kunga bu yerga aylangani kelishmoqda", — dedi Abduhakimov.

U shuningdek, bunday tadbirlarni ko‘plab amalga oshirish mumkinligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0