O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi aviareyslarga chiptalarni arzonlashtirish ustida ishlamoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Aziz Abduhakimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani davomida rossiyaliklar orasida eng keng tarqalgan turizm turi va aviachiptalar narxi pasaytirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarning O‘zbekistonga kelishi faollashgan va turistlar oqimini uchta toifaga bo‘lish mumkin.

Aziz Abduhakimov: O‘zbekiston turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega
"Rossiya markazidan O‘zbekistonga kelayotgan, bizning madaniyatimizdan bahra olib, milliy taomlarimizni tatib ko‘rishni xohlovchi, qadimiy shaharlarda bo‘lishni istovchilar bor. Mehmonlarning boshqa qismi — musulmon regionlar — Shimoliy Kavkaz, Tatarston, Boshqirdistondagi rossiyaliklardir. Bu odamlar, shu jumladan bizning o‘lkaga muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun kelishadi. Bular bilan biz hozirda faol aloqadamiz, bu mintaqalarning rahbarlari mamlakatimizga tashrif bilan kelishdi va biz ular bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishdik. Shuningdek, ayni vaqtda vitamin turizmi ham ommalashmoqda. Bunda Sibir aholisi mavsumlar orasida meva uchun keladilar. Meva yeb, sog‘lomlashish uchun", — deb qayd etdi Davlat Turizm qo‘mitasi rahbari.

U shuningdek, Rossiyaning alohida regionlaridan sayyohlar temiryo‘l transportida kelishayotganini va u ancha arzon tushishini qo‘shimcha qildi.

Aviatashuvlar arzonlashuviga keladigan bo‘lsak, Abduxakimovning so‘zlariga ko‘ra, bu tez kechmaydigan va murakkab masala, ammo bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.

"Biz hozirda milliy aviakompaniya bilan birgalikda bu masalani hamkorlikda muhokama qilyapmiz, bu yo‘nalishda o‘zgarishlar bor — ichki aviareyslarga chegirmalar e’lon qilindi. Xalqaro aviatashuvlarga keladigan bo‘lsak, narx tushirilishi uchun sayyohlar mamlakatda ko‘proq pul qoldirishlari kerak, bu o‘zini oqlashi uchun. Aviatashuvchilar bilan bu borada aniq tushunchalarimiz bor, tez orada bu mavzuda yaxshi xabarlarni kutsangiz bo‘ladi", — deb xotima qildi Davlat Turizm qo‘mitasi.

Yangiliklar lentasi
0