Ulgurji savdogarlarga katta yengillik berildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRabota optovoy bazi
Rabota optovoy bazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Buxoro hokimligi matbuot-xizmati endilikda ulgurji savdogarlarga litsenziya olishda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etish to‘g‘risidagi talab ham bekor qilinishi haqida xabar bergan edi

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. 2018 yil 1-fevraldan boshlab ulgurji savdo korxonalariga litsenziya olishda ustav fondiga yirik pul mablag‘i kiritish bo‘yicha talab bekor qilinadi. Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 16-yanvar kuni imzolangan "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ta’kidlangan.

Rabota Sberbanka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi valyuta almashtiruvchi bankomat ishga tushdi
Hujjatga ko‘ra, ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda, shundan pul mablag‘lari eng kam ish haqining 1200 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab bekor qilinadi.

2018 yil 1-fevraldan e’tiboran oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi haqidagi batafsil axborot har oy O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Buxoro hokimligi matbuot-xizmati endilikda ulgurji savdogarlarga litsenziya olishda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etish to‘g‘risidagi talab ham bekor qilinishi haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0