Va nihoyat: Toshkent-Dushanbe reysi amalga oshirildi

Obuna bo‘lish
Tojikiston poytaxtiga parvozlar haftada ikki marta - seshanba (soat 9.50da) va shanba (soat 13.40da) kunlari amalga oshirilishi kutilmoqda. Parvoz vaqti bir soatga yaqin davom etadi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Toshkent-Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam reysni amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya saytida xabar qilinmoqda.

Samolyot 11-aprel kuni Dushanbe xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Tojikiston poytaxtiga parvozlar haftada ikki marta — seshanba (soat 9.50da) va shanba (soat 13.40da) kunlari amalga oshirilishi kutilmoqda. Parvoz vaqti bir soatga yaqin davom etadi.

Xohlovchilar topilmadi: Toshkent-Dushanbe reysi bekor qilindi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning Tojikistondagi rasmiy vakili O.Ro‘zimurodovning qayd etishicha, ushbu yo‘nalish tashkil etilishi bilan turistlar va turli tashkilotlar vakillari uchun aviakompaniyani xizmatidan Toshkent orqali tranzit parvozlarda foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat fuqarolari endilikda qisqa vaqt ichida bir-birlarining yurtlariga safar qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining 4-aprel kuni Toshkentdan Dushanbega uchishi rejalashtirilgan birinchi reysi yo‘lovchilar kamligi sababli bekor qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0