Niyazxodjayev: chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash borasida davlat konsepsiyasi yaratilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNiyazxodjayev Saidikram Parxatovich, zamestitel Ministra inostrannix del
Niyazxodjayev Saidikram Parxatovich, zamestitel Ministra inostrannix del - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2018-yilda BMT, MDH, OBSE, ShHT singari tashkilotlar potensialidan va resurslaridan faol tarzda foydalanish niyatida

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. chet elda yashab kelayotgan vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatishga katta e’tibor qaratamiz. Ularni mamlakatda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlarga jalb qilamiz, deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Saidikram Niyazxodjayev 2018-yil 16-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga bag‘ishlangan brifingida.

Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston besh "yirik mamlakat" bilan vizasiz kirish tartibi o‘rnatadi
Niyazxodjayev ochiq va faol tashqi siyosat tufayli O‘zbekiston Respublikasi o‘tgan yilda xalqaro hamkorlikda sezilarli muvaffaqiyat qozongani: o‘tgan yil davomida 60dan ortiq davlatlar rahbarlari va halqaro tuzilmalar bilan uchrashuvlar va muzokaralar olib borilganini, 215dan ortiq xalqaro kelishuvlar va bitimlar va umumiy hajmi 60 milliard dollarga teng memorandum va shartnomalar imzolanganini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonning o‘tgan yilda erishgan eng katta yutug‘i sifatida quyidagilarni e’tirof etdi:

1. Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston Islom respublikasi bilan munosabatlarda shakllantirilgan yangi siyosiy muhit;

2. Dunyo va mintaqaning yetakchi davlatlari bilan strategik sherikchilik munosabatlari yangi sifat darajasiga ko‘tarilgani, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik jadallashgani;

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo bo‘yicha "olti diplomatiya" taklifi
3. O‘zbekistonning global va mintaqadagi dolzarb muammolarni hal etish borasida ko‘rsatgan tashabbuslari dunyo hamjamiyatida keng qo‘llab-quvvatlanini — mamlakatning xalqaro maqomi sezilarli mustahkamlanishi;

4. Mamlakat tashqi siyosati milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi masalalarni kengaytirgani;

5. O‘zbekiston Tashqi siyosatda chet eldagi fuqarolari manfaatlarini himoyalashga qaratilganini.

"Umuman olganda dunyo bugun O‘zbekistonning yangicha: ochiq, yangilangan va jadal rivojlanayotgan qiyofasini ko‘rdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Parlamentga yo‘llagan murojaatlarida to‘g‘ri qayd etdilar, erishilgan natijalar o‘z-o‘zini tinchlantirish uchun asos yoki bahona bo‘la olmaydi. Biz uzoq davom etadigan yo‘l boshidamiz. Xalqimiz farovonlinigini ta’minlash uchun ko‘plab masalalarni yechishimiz talab etiladi hali", — dedi vazir o‘rinbosari.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2018-yilda barcha davlatlar, eng birinchi navbatda qo‘shni davlatlar, va yaqin hamda uzoq xorij mamlakatari bilan do‘stlikka asoslangan, o‘zaro manfaatli munosabatlarni faollashtiradi. Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari haq-huquqlari va manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida kompleks-chora tadbirlar qabul qilinadi. Mavjud konsullik muassasalari faoliyati kengaytiriladi va yangilari ochiladi.

2018 yilda O‘zbekistonni nimalar kutmoqda?

Xizmatlar taqdim etish elektron formatga o‘tkaziladi.

"Chet elda yashab kelayotgan vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatishga katta e’tibor qaratamiz. Ularni mamlakatda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlarga jalb qilamiz. Shu munosabat bilan chet davlatdagi vatandoshlar bilan hamkorlik qilish borasida davlat siyosati konsepsiyasi yaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar tahlil qilinmoqda, Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qator normativ huquqiy aktlar tayyorlanmoqda", — dedi Niyazxodjayev.

Yangiliklar lentasi
0