TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 9-yanvardan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi 2,38 so‘mga ko‘paydi va 8139,00 so‘mni tashkil qildi.
Yevroning kursi esa 12,56 so‘mga ko‘tarilib, 9787,96 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli 68 ga tiyinga qimmatlashib, 143,05 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.