TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi bugun O‘zbekiston vaqti bilan 16.00da jurnalistlar bilan onlayn muloqot o‘tkazadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ilgariroq mahalliy OAVlarga bergan intervyusida bugungi kunda Aziz Abduhakimov bugungi kunda mamlakatda turizmni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, bu borada 31 punktdan iborat dastur qabul qilinishini ma’lum qilgan.
Abduhakimovga ko‘ra, dasturning har bir punkti chet elliklar e’tiborini O‘zbekistonni ziyorat qilishga jalb qilishdan iborat.
Turizm qo‘mitasi raisining so‘zlariga ko‘ra, buning uchun tegishli standart qabul qilinadi va unga ko‘ra, eksportga yuborilayotgan har bir mahsulot upakovkasida mamlakat turistik brendi reklamasi joylashtiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xitoyliklar qalbiga — Farg‘ona samoviy tulporlari haqidagi hikoyalar orqali, turklar qalbiga — ularning ajdodlari zamini haqida, yaponlar qalbiga esa — budda yodgorliklari va rossiyaliklar qalbiga mazali mevalar haqidagi hikoyalar orqali yo‘l topish rejalashtirilgan.
Shuningdek, turizm elchilari instituti joriy etilishi kutilmoqda.