TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Davlatning monopoliyani saqlab turish niyati yo‘q, lekin hozirgi kunga qadar tarmoqlarning taraqqiyot bo‘yicha aniq rejalari yo‘q edi, deb ta’kidladi juma kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov.
"2018 yildagi vazifa — har bir tarmoq u nimani xohlashini bilishida", deb alohida qayd etdi Xolmurodov.
Suxrob Xolmuradov chet el sarmoyadorlarining biznes-aktivlari dahlsizligi haqidagi savolga ham izoh berib o‘tdi.
"O‘zbekistonning kelajagini chet el investitsiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, va biz buni hozir yaxshi anglaymiz. Agar biz chet ellik sarmoyadorlar ishonch bildiradigan investitsiya muhitni yuzaga keltirmas ekanmiz, bularning barchasi befoyda.
Orqaga yo‘l yo‘q. O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti faqat takomillashtiriladi va tegishli qonunchilikning barchasi shu tarzda qabul qilinadiki, O‘zbekistonda investordan hech kim hayotda hech narsani tortib olmaydi, bu endi mumkin emas", — deb bayonot qildi Bosh vazir o‘rinbosari.