Afg‘oniston AQSh moliyaviy ko‘magisiz o‘z armiyasini yarim yil ham ta’minlay olmaydi - Ashraf G‘ani

Obuna bo‘lish
"Biz AQSh ko‘magisiz va AQSh imkoniyatlarisiz armiyamizni olti oy ham qo‘llab-quvvatlay olmas edik", - deb aytgan G‘ani

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani CBS telekanaliga bergan intervyusida AQShning moliyaviy yordamisiz Afg‘oniston armiyasi olti oy ham yashay olmasligini ma’lum qilgan.

"Biz AQSh ko‘magisiz va AQSh imkoniyatlarisiz armiyamizni olti oy ham qo‘llab-quvvatlay olmas edik", — deb aytgan G‘ani.

Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘oniston muammosiga qarshi MO davlatlari bilan ishlashni rejalashtirmoqda
"Ha. Chunki bizning pulimiz yo‘q", — degan Afg‘oniston prezidenti jurnalistning AQSh yordamisiz Afg‘oniston armiyasi chindan ham olti oy hatto yashay olmaydimi, degan savoliga javoban.

Shu bilan birga G‘ani Afg‘onistonga o‘z janglarini olib borishlari uchun boshqalar (davlatlar, demoqchi — tahr.) kerakmasligi haqida ta’kidlab o‘tgan.

Ashraf G‘ani shuningdek, mamlakatda 21ta xalqaro terroristik uyushmalarning jangarilari faoliyat olib borayotgani haqida xabar qilgan.

Telekanal ma’lumotlariga 2017-yilda shunday davr bo‘lganki, 4 oy muddatda to‘rt mingdan ortiq politsiyachilar va harbiy xizmatchilar yarador bo‘lgan, 2,5 mingi halok bo‘lgan.

Bunday ahvol toki "Afg‘onistonda xavfsizlik ta’minlanmagunga qadar davom etadi", deb qayd etgan Ashraf G‘ani.

Yangiliklar lentasi
0