AQSh Afg‘oniston muammosiga qarshi MO davlatlari bilan ishlashni rejalashtirmoqda

© AFP 2023 / FARSHAD USYANSotrudnik sil bezopasnosti Afganistana
Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval Vashington Afg‘onistonda operatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalari ishlatgan. Biroq keyinchalik bu obyektlar davlat hukumatlari murojaatiga asosan yopilgan

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. AQSh Afg‘onistondagi o‘z aksilterrorchilik operatsiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq uy saytida berilgan AQSh milliy xavfsizlik strategiyasida bayon etilgan.

Shuningdek ushbu strategiyada Afg‘onistonda "Tolibon", "Al-Qoida", "Islomiy davlat" terrorchilik uyushmalariga qarshi kurash kuchlarini mustahkamlash bo‘yicha AQShning rejalarini belgilab beradi.

"Biz afg‘on xavfsizlik kuchlarini harbiy qudratini qo‘llab-quvvatlaymiz, toliblar jang maydonida g‘alaba qozona olmasligiga ishontirish uchun va barqaror tinchlikka erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlar uchun sharoit yaratib beramiz", — deyilgan hujjatda.

Bundan tashqari, AQSh Pokistonni "o‘z hududida faoliyat ko‘rsatuvchi jangarilar va terrorchilik guruhlarga qarshi keskin choralar ko‘rishga" chaqirishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0