Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari Jon Kerri bilan hamkorlikni muhokama qildilar

© Press-slujba MID UzbekistanaMarkaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari TIV rahbarlari Vashingtonda "S5+1" shaklida uchrashuv o‘tkazdilar
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari TIV rahbarlari Vashingtonda S5+1 shaklida uchrashuv o‘tkazdilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari TIV rahbarlari Vashingtonda "S5+1" shaklida uchrashuv o‘tkazdilar.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. 2016-yilning 3-avgust kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «S5+1» shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Tarix fanlari doktori Aleksandr Knyazev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert "S5 + 1" formati haqida: Vashingtonning da’vati yolg‘on-yashiqdan boshqa narsamas
"Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi", — deyiladi xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, shuningdek "S5+1" shakli doirasida Markaziy Osiyo bozoriga qiziqish bildirayotgan AQSh biznesi vakillari va xususiy investorlar ishtirokida tadbirlar bo‘lib o‘tgan.

Bundan sal oldin AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Deniyel Rozenblyum, Vashingtondagi uchrashuv haqida gapirar ekan "bu o‘tgan yilning noyabrida Jon Kerrining Markaziy Osiyoga uyushtirgan tarixiy safari chog‘ida Samarqandda boshlangan muzokaralarning davomi", deb aytgan edi.

Diplomat, shuningdek, Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida hamkorlikning uchta muhim yo‘nalishi belgilab olinganini eslatib o‘tgan.

"Birinchi yo‘nalish — bu iqtisod. Markaziy Osiyo iqtisodini koinotning boshqa mintaqalari, va ayni AQSh iqtisodi bilan qay tarzda bog‘lash mumkinligini aniqlamoq lozim. Keyingi yo‘nalish — atrof muhit, va bu yerda bosh masala — koinotdagi iqlim o‘zgarishiga nisbatan hamkorlikda ish olib borish. Va nihoyat, xavfsizlik — bu yo‘nalish doirasida, terrorizmga qarshi kurashning samarali usullarini aniqlamoq lozim, Afg‘onistondagi barqarorlik muammosi ham bundan o‘rin olgan", — deb aytgan Rozenblyum.

Diplomatning so‘zlariga qaraganda, Samarqandda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvdan so‘ng yuqorida sanab o‘tilgan uch yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilgan. Bu guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan tegishli loyihalar esa kuni kecha Vashingtonda o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida muhokama qilinishi belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0