TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Internetda oxiri o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan fleshmob yashin tezligida ommalashmoqda — o‘smirlar kir yuvish uchun mo‘ljallangan gellarni chaynab, "tanovvul" jarayonini Internet tarmog‘iga qo‘yishmoqda va "estafeta"ni o‘z do‘stlariga va tanishlariga uzatishmoqda. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Fleshmob ishtirokchilaridan biri telekanalga bergan intervyusida kapsulalarning xavfi haqida oldindan bilganini aytgan. Ammo, "estafeta"ni qabul qilgani uchun, tabletkani yeyishga qaror qilgan.
"Odamlarning aksariyati men uchiga chiqqan ahmoq ekanimni aytishar, yoki nega men bu ish bilan shug‘ullanayotganimni so‘rashar edi", — deb hikoya qilgan yigit.
Fox News xabariga ko‘ra, fleshmob, hajviy nashrlardan birida e’lon qilingan hazil video tufayli ommalashga bo‘lishi mumkin. Videoda ko‘rinishi ishtahali bo‘lgani uchun gel-tabletkalarni ishtaha bilan "yuayotgan" erkak tasvirlangan.