TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Toshkent aeroportida tekshiruvlardan o‘tish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga qisqardi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu ma’lumot koreyalik mutaxassislar tomonidan e’lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, “Inchxon” aeroporti mutaxassislari bir necha oy davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga konsalting xizmatlari ko‘rsatib kelayotgan edi.
O‘tgan yilning noyabr oyi oxirida “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Inchxon” xalqaro aeroporti imzolagan memorandumga ko‘ra, koreyalik mutaxassislar poytaxt aeroportining “Toshkent-2” xalqaro terminali faoliyatini yaxshilashga yordam berib kelishayotgan edi.
Memorandumga ko‘ra, aeroport xizmatlari samaradorligini oshirish maqsadida o‘zbekistonlik mutaxassislarini koreyada o‘qitish ham ko‘zda tutilgan.
Loyihaning birinchi bosqichida sakkiz nafar koreyalik maslahatchilar ishtirok etishdi. Ular terminal ishlash faoliyati borasiz o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirishdi.
“Bu mening O‘zbekistonga bo‘lgan ikkinchi tashrifim. Birinchi marta o‘tgan yilning oktabr oyida kelgan edim. Ikkinchi kelishimda men payqagan eng katta o‘zgarish – bu Toshkent havo bandargohida xizmat ko‘rsatish tezligidir. Oldingi safar aeroportdan chiqish tezligi o‘rtacha 2 soatni tashkil qilgan bo‘lsa, hozir – birinchi yo‘lovchi aeroportni 21 daqiqada, oxirgisi esa – 33 dafqiqada tark etmoqda”, — dedi koreyalik maslahatchilardan biri Park Chan Kyu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekiston tomoni qisqa vaqt ichida ulkan ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Mutaxassislar ishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. “qizil” va “yashil” yo‘laklar ochilishi yshlovchilar o‘tish tezligini va barcha rasmiy jarayonlarni sezilarli darajada tezlashtirgan.
Seul aeroporti vakillari aeroport hududidan foydalanish samaradorligini oshirish, kuzatuvchi va kutib oluvchilar uchun servis xizmatlari darajasini oshirish borasida ham takliflar kiritishdi.