"Avtotest Samarqand" o‘z faoliyatini boshladi

Obuna bo‘lish
Samarqand shahrida professional haydovchilar tayyorlaydigan "Avtotest Samarqand" o‘z faoliyatini boshladi. Malaka oshirish kursini o‘tagan haydovchilar "Avtotest Report" o‘quv majmuasi sertifikatiga ega bo‘ladi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Samarqand shahrida "Avtotest Samarqand" mas’uliyati cheklangan jamiyatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bir yil to‘lmagan avtomobil uchun notarial boj bekor qilindi
Avtotest innovatsion o‘quv kompleksi yo‘l harakati qoidalarini va avtotransport vositalarini boshqarishni mukammal biladigan haydovchilar tayyorlashni maqsad qilgan. Bu yerda malakali o‘qituvchilar ta’lim va axborot texnologiyalarining so‘nggi yutuqlariga asoslangan dasturlarga muvofiq saboq berishadi.

Buning uchun "Avtotest 1.0", "Avtotest 2.0", "Avtotest 3.0" o‘quv-uslubiy kompleksi hamda multimediali o‘quv-uslubiy majmuasi ishlab chiqilgan.

Bir haftalik o‘quv tinglovchilari o‘qitishning o‘ziga xos uslublari — debatlar, bahs-munozaralar, interaktiv jamoaviy o‘yinlar, sifat nazorati tizimi mashg‘ulotlarida qatnashadi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari haydovchilari ikki yilda bir marta majburiy ravishda malaka oshirishlari lozim. Malaka oshirish kursini o‘tagan haydovchilar "Avtotest Report" o‘quv majmuasi sertifikatiga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0