O‘zbekistonda bir yil to‘lmagan avtomobil uchun notarial boj bekor qilindi

© Sputnik / Anton KurilkinAvtomobili na trasse
Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev qarori bilan yili to‘lmagan avtomobillar bo‘yicha ishonchnoma va shartnomalarni notarial tasdiqlaganlik uchun boj bekor qilindi.

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarga tegishli shartnomalarni notarial tasdiqlaganlik bo‘yicha boj undirish talabi bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Devushka stavit novie avtomobilnie nomera - Sputnik O‘zbekiston
1 yanvardan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tadbirkorlarga topshirildi
"Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi" qarori bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab, bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undirish bo‘yicha talab bekor qilindi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida boj undirilar edi.

Amalda rasmiy dilerlardan xarid qilinganiga uch yilgacha bo‘lgan avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilish, almashtirish, tortiq qilish bo‘yicha shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj miqdori EKOIHning 10 baravari, chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari uchun EKOIHning 30 baravari, avtomobillardan foydalanish va ularga egalik huquqi uchun ishonchnomani notarial tasdiqlash ota-onalar, turmush o‘rtog‘i va uning ota-onasi, bolalar va ularning turmush o‘rtoqlari, aka-ukalar, opa-singillar, nevaralar va jiyanlar uchun EKOIHning 1 baravari, boshqa shaxslarga foydalanish huquqini berish — EKOIHning 5 baravari, boshqa shaxslarga egalik huquqini berish — EKOIHning 10 baravari miqdoridani tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0