TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Virtual qabulxonaga 1 millionta murojaat tushdi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Feysbukdagi sahifasida.
Kelib tushgan murojaatlar Top-10lik boʻyicha boʻlinib, muammolar quyidagicha taqsimlangan:
2-oʻrinni — ishga joylashish masalasida murojaatlar egallagan;
3-oʻrin — Sudlarda fuqarolik ishlari koʻrilishi masalasida murojaatlar;
4-oʻrin — Oilaga moddiy yordam soʻrab yoʻllangan murojaatlar;
5-oʻrin — Aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha;
6-oʻrin — Bolalar nafaqasi boʻyicha;
7-oʻrin — Mehnat va bandlik masalasi boʻyicha;
8-oʻrin — Sudlarda jinoyat ishlari koʻrilishi boʻyicha;
10-oʻrin — Konvertatsiya masalasi (tadbirkorlikdan tashqari)da murojaatlar.
Xabarga koʻra, Prezident qabulxonasiga murojaatlarning 49%i Ishonch telefonlari orqali roʻyxatga olingan.
36%i — veb sayt orqali yoʻllangan va 15%i xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilganlarning eng koʻp — 52%ini ishlamaydiganlar tashkil qilgan.
Murojaatlarning 29%i ishlaydiganlardan kelib tushgan.
Nafaqaxoʻrlar murojaati umumiy miqdordan 17%ni tashkil qilgan boʻlsa, murojaatchilarning atigi 2%ini talabalar tashkil etgan.