Iqtisod

Yevropa investitsiya banki Oʻzbekiston bozoriga kirishga tayyor

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston hududida YEIBning faoliyati toʻgʻrisidagi hadli bitim loyihasi mutaxassislar tomonidan moddama-modda koʻrib chiqildi

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa investitsiya banki (YEIB) vakillari bilan telekonferentsiya oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Oʻzbekiston hududida YEIBning faoliyati toʻgʻrisidagi hadli bitim loyihasi mutaxassislar tomonidan moddama-modda koʻrib chiqildi.

Kalkulyator i yevro - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: biznesdagi yangi imtiyozlar Oʻzbekistonga investitsiyalarni jalb etadi

Muhokama yakunlariga koʻra mazkur Bitim loyihasini kelishish uchun davlat ichki jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ishlarni faollashtirish va uni imzolashga tayyorlash toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, yaqin vaqt ichida Bitim loyihasi boʻyicha muzokaralarning navbatdagi raundini oʻtkazish ham kelishib olindi.

Telekonferentsiyada tashqi ishlar, moliya, adliya vazirliklari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti ekspertlari qatnashdi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning may oyi oxirida YEIB vitse-prezidenti Vasil Xudak boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurgandi.

Yangiliklar lentasi
0