O‘zbekistonda aliment to‘lash tartibi o‘zgaradi

Obuna bo‘lish
Agar aliment oldindan to‘langan yoki ular to‘lovi ta’minoti uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa va garov miqdori eng kam ish haqining kamida 250 baravari miqdorida bo‘lsa qarzdorning mamlakatdan chiqishiga nisbatan cheklov olib tashlanadi

TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. Mehnat kodeksi, Oila kodeksi va "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda uznews.uz "Norma.uz"ga tayanib.

2018 yil 11-iyuldan kuchga kiradigan mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, axloq tuzatish ishlari tarzida jazoni o‘tayotgan xodimdan jazo va aliment bo‘yicha undiruvlar miqdori ko‘pi bilan 70%ga yetishi mumkin.

Biroq, ushbu ajratmalardan tashqari xodimdan majburiy tartibda soliqlar va majburiy to‘lovlar ham ushlab qolinadi. Bundan tashqari, mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi o‘rtacha oylik ish haqining 30%igacha (yoki ichki mehnat tartib- qoidalariga binoan 50%igacha) jarima tayinlashi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xodimning ish haqidan umumiy ushlanmalar miqdori 70%dan oshadi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash muddati qisqartirildi

Bolalar ta’minoti uchun aliment ota-ona ish haqining va (yoki) boshqa daromadining quyidagi miqdorlarini tashkil etadi: bitta bolaga – 1/4 (25%), ikkita bolaga — 1/3 (33,3%), uchta va undan ortiq bolalar uchun – 1/2 (50%).

Sud muayan holatlarda bu miqdorlarni kamaytirishi mumkin, lekin undiriladigan alimentning eng kam miqdori har bir bola uchun eng kam ish haqining 75%ini (hozir – eng kam ish haqining 1/3 qismi, ya’ni 33%dan kamroq) tashkil etadi. Shu tarzda bitta bola uchun har oyda to‘lovlarning quyi chegarasi taxminan 2,25 marta oshiriladi.

Shuningdek, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentni bola voyaga yetguncha bo‘lgan butun davrga (ya’ni 18 yosh) oldindan to‘lash ham mumkin bo‘ladi. Bunda aliment hisobiga ko‘chmas, ko‘char mulkni yoki boshqa qimmatli ashyolarni berishga ruxsat etiladi. Mazkur holatda mol-mulk (ashyolar) uchun garov shartnomasi tuziladi.

Xabarda aytilishicha, agar aliment oldindan to‘langan yoki ular to‘lovi ta’minoti uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa – chet davlatga chiqishda Oila Kodeksining 145-moddasi bilan ko‘zda tutilgan kelishuvni tuzishga hojat bo‘lmaydi.

Shuningdek, agar aliment oldindan to‘langan yoki ular to‘lovi ta’minoti uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa va garov miqdori eng kam ish haqining kamida 250 baravari miqdorida bo‘lsa qarzdorning mamlakatdan chiqishiga nisbatan cheklov olib tashlanadi.

Yangiliklar lentasi
0