TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ikkinchi farzandi dunyoga kelgani haqida xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.
Ilgariroq Sukerberg qizi dunyoga kelgach, ikki oy dekret ta’tilini olishi haqida ma’lum qilgan va Facebook rahbariyati baxtiyor ota-onaga to‘rt oy dekret ta’tilini taqdim etganini ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Mark Sukerberg — 33 yoshli biznesmen, Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi. Garvard universitetida ikkinchi kursdaligida Sukerberg o‘qishni tashlagan va to‘liq o‘z biznesi bilan shug‘ullanishni boshlagan. 2017-yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 2,01 milliardga yetgan.
2012 yilda u Prissilla Changa uylangan, 2015-yilning dekabrida juftlik ilk bor ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lishgan. Birinchi qizlarining ismi Maksima.