O‘zbekistonda murabbiylar tayyorlash tizimi izdan chiqqan – O‘FF xodimi

© http://the-uff.comFederatsiya futbola Uzbekistana
Federatsiya futbola Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U ma’lum terma jamoani qabul qilib olgach, terma jamoa natijasidan ko‘ra o‘z manfaatini ustun qo‘yib, mo‘may pul ishlab olishni maqsad qilgan murabbiylar ham borligini aytgan

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda futbol murabbiylarining saviyasi, ularning darajasi bilan shu paytga qadar hech kim qiziqmagan. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasida yangi tashkil etilayotgan Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Shovkat Imamov aytdi.

"O‘zbekistonda murabbiylarni tayyorlash tizimi izdan chiqqan desak bo‘ladi. Ko‘p yillardan beri bu tizim yetarli darajada ishlamayapti. Oxirgi 11-yil ichida O‘zbekiston hududi o‘tkazilgan murabbiylar tayyorlash bo‘yicha OFK va O‘FF kurslari Murabbiylar va Hakamlar tayyorlash respublika maktabi orqali o‘tkazilgan. Murabbiylar o‘quv kurslarini bitirgach, ularning keyingi faoliyati federatsiya tomonidan nazoratga olinmagan", dedi u O‘FF saytiga bergan intervyusida.

Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF qarorini “axmoqona” degan Abramov – litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

Uning aytishicha, bugungi kungacha Murabbiylar va Hakamlar tayyorlash respublika maktabining asosiy maqsadi sifatga emas, songa e’tibor qaratish bo‘lgan. Chunki qancha ko‘p murabbiy kurslarda o‘qisa, ushbu maktabga shuncha ko‘p pul tushgan.

Murabbiylarning saviyasi doimiy ravishda oshirib borish yo‘lga qo‘yilmagan.

"Endilikda murabbiylar litsenziyani O‘zbekiston futbol federatsiyasidan olishlari yo‘lga qo‘yiladi. Federatsiyadagi mutaxassislar bu borada shaffoflik va haqqoniylik ta’minlanishiga, faqat o‘z kasbining ustalari bo‘lgan fidoiy insonlar murabbiylik bilan shug‘ullanishlariga mas’ul bo‘ladilar", degan u.

Imomovning fikriga ko‘ra, mahalliy murabbiylar o‘z ustilarida ishlamay qo‘yishgan. Muntazam ravishda bilimlarini oshirib borishmaydi, yangilikka, murabbiy sifatida o‘sishga intilishmaydi. Oqibatda, xalqaro o‘yinlarda natija bo‘lmaydi.

Futbol. RFPL. Match Rubin (Kazan) - Dinamo (Moskva) - Sputnik O‘zbekiston
Yoshini kichraytirgan futbolchilar bir umrga futboldan chetlatildi

Murabbiylarning saviyasi shu paytga qadar federatsiya tomonidan nazorat qilib borilmagan. Hech kim ularni attestatsiyadan o‘tkazmagan, o‘z kasbiga qanchalik loyiq ekani tekshirilmagan.

U ma’lum terma jamoani qabul qilib olgach, terma jamoa natijasidan ko‘ra o‘z manfaatini ustun qo‘yib, mo‘may pul ishlab olishni maqsad qilgan murabbiylar ham borligini aytgan. Imomovning bildirishicha, bunday murabbiylarning asosiy maqsadi terma jamoa g‘alabasi emas, balki terma jamoada to‘p surayotgan futbolchilarni chet el klublariga sotib, pul ishlab olish bo‘lib qolgan.

"Bundan tashqari, ba’zi murabbiylar xorijdan legioner olib kelib, ularga katta oylik belgilashgan. Keyin o‘sha oylikning ma’lum qismini "otkat" sifatida o‘zlari olib yurishgan. Xorijdan taklif etilgan saviyasiz legionerlar bunday qing‘irliklarga "jon" deb rozi bo‘lishgan. Shuningdek, mahalliy futbolchilarning oylik maoshidan ham "otkat" oluvchi murabbiylar ham bo‘lgan", degan u intervyusida.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Qarzdorlik va shubhali natijalar: "Obod" futbol klubi Oliy ligadan chetlatildi

Imomovning aytishicha, milliy chempionatda ishtirok etuvchi aksariyat klublar boshliqlari murabbiydan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, natija ko‘rsatishni, uch ochkoni qo‘lga kiritishni talab qilishgan. Bunday vaziyatda murabbiy o‘z ustida ishlab, haqqoniy o‘yinda g‘alaba qozonish o‘rniga, natijaga erishishning qing‘ir yo‘llarini izlashga tushishgan. Ba’zi o‘yinlarda hakamlar sotib olingan bo‘lsa, ba’zan esa raqib jamoa murabbiylari bilan kelishuv evaziga o‘yin natijalari avvaldan hal qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga chiqa olmagan bo‘lsa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining dastlabki o‘yinida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Yangiliklar lentasi
0