O‘zbekiston Qirg‘izistonning uch shahrida 9ta korxona tashkil etadi

Obuna bo‘lish
Mazkur korxonalarning bir qismi allaqachon tashkil etilgan bo‘lsa, ba’zilari 2018-yil oxirigacha qurib bitkaziladi

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘izistonda 9ta korxona ochadi. Bu haqda Qirg‘iziston Investitsiyalarni rivojlantirish va himoyalash agentligi direktori Shumkarbek Odilbek o‘g‘liga tayanib nuz.uz xabar berdi.

Ravon R2 na Moskovskom Mejdunarodnom avtosalone - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2018-yilda Qirg‘izistonda Ravonning 2ta modelini ishlab chiqarishni boshlaydi

Xabarda aytilishicha, yettita kompaniya Qirg‘iziston-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi maqomiga ega bo‘ladi. Artel Engineering (O‘zbekiston) va "L.T.B" (Qirg‘iziston) Artel rusumidagi kir yuvish mashinalarini yig‘adi, Perfect Plast Profil (O‘zbekiston) va "Imzo Ltd." esa (Qirg‘iziston) plastik va alyuminiy profillar ishlab chiqaradi.

Bundan tashqari, "O‘zavtosanoat" "AvtoOndooZavod" bilan hamkorlikda Qirg‘izistonda qishloq xo‘jalik texnikasi va avtopritseplarni yig‘ish bo‘yicha ikkita korxona ochadi. Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyasi Qirg‘izistonning "DT Texnik" va "Avtotsentr Estakada" kompaniyalari bilan avtobuslar yig‘ish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavodlarni ochadi. "Avtotsentr Estakada" va "Ravon Motors Tan-Shan" kompaniyalari avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha zavod va dilerlik markazi ochish bo‘yicha kelishib oldi.

Shuningdek, Artel Engineering Qirg‘izistonda o‘z filialini ochadi hamda MediaPark ko‘ngilochar markazini quradi.

Qayd etilishicha, ushbu kelishuvlarning barchasi bo‘yicha memorandumlar imzolangan. Mazkur korxonalarning bir qismi allaqachon tashkil etilgan bo‘lsa, ba’zilari 2018-yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Yangi korxonalar Bishkek, O‘sh va Qora-Bolta shaharlarida ochiladi.

Yangiliklar lentasi
0