Koreyaning eng yaxshi jarrohi sog‘liqni saqlash vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaVitse-predsedatel Assotsiatsii bolnis Korei, professor Natsionalnogo universiteta Chonnam Yun Tek Rim
Vitse-predsedatel Assotsiatsii bolnis Korei, professor Natsionalnogo universiteta Chonnam Yun Tek Rim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Faoliyati davomida 8 mingdan ortiq murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan Yun Tek Rim Janubiy Koreyada bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida e’tirof etilgan

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Koreya Respublikasi Milliy shifoxonalari assotsiatsiyasi raisi, Chonnam milliy universiteti professori Yun Tek Rim O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil noyabrda Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha imzolangan shartnomalar doirasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Xitoylik iqtisodchi O‘zbekiston hukumatida maslahatchi bo‘lishi mumkin

"Yaponiyaning Gurume va AQShning Jon Xopkins tibbiyot maktablarida malaka oshirgan mashhur olim Koreyadan tashqari, o‘z faoliyatini xalqaro miqyosda, xususan, AQShdagi ortoped-jarrohlar akademiyasi, Jahon ortoped-jarrohlari va travmatologlari uyushmasi kabi nufuzli tashkilotlarda ham akademik tadqiqotlar olib boradi", — deb ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Faoliyati davomida 8 mingdan ortiq murakkab amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan Yun Tek Rim Janubiy Koreyada bir necha marotaba eng yaxshi jarroh sifatida e’tirof etilgan. Professor Yun Tek Rimdan ta’lim olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun dunyoning deyarli barcha davlatlaridan shifokorlar va bemorlar Janubiy Koreyaga tez-tez tashrif buyurib turadi.

"Sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi professor Yun Tek Rim xalqaro miqyosda orttirgan o‘z tajribasi va ilmiy salohiyatini mamlakatlarimiz tibbiyot tizimi uchun safarbar qilayotganidan va ushbu mehnatlari katta e’tirof qozonayotganidan mamnun ekanligini bildirdi", deya qayd etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0