TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Xitoylik obro‘li iqtisodchilardan biri Jastin Ifu Lin O‘zbekiston hukumatida maslahatchi bo‘lishi mumkin.
Bu boradagi qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinadi, deb yozadi UzNews.uz hukumatdagi manbasiga tayanib.
Aytilishicha, xorijlik mutaxassis iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha ish olib boradi.
Jastin Ifu Lin 1952-yilda tug‘ilgan, Chjenchji (Taybey) milliy universitetini tamomlagan. U Pekin universiteti magistri hamda Chikago universiteti falsafa fanlari doktori.
Jastin Ifu Lin turli yillarda XXR hukumatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2008 yilda Jahon bankining bosh iqtisodchisi va vitse-prezidenti etib tayinlangan.
Qayd etish joiz, o‘tgan yilning noyabrida Koreya fuqarosi janob JungSong Choy O‘zbekiston Davlat raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Keyinroq Koreya Personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi etib tayinlandi.