O‘zbekistonda Rossiya benzini sotuvi boshlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAvtovladeles zapravlyayet mashinu na odnoy iz avtozapravochnix stansiy
Avtovladeles zapravlyayet mashinu na odnoy iz avtozapravochnix stansiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir litr Ai-95 markali benzin va dizel yonilg‘isining narxi 8,5 ming, Ai-98 benzinining narxi esa 9 ming so‘mni tashkil etadi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Gas Project Development Central Asia (Gazprom International sho‘’ba tuzilmasi) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi chorshanba kuni Toshkentdagi AYoQShlar tarmog‘i orqali Rossiyadan import qilingan avtomobil yonilg‘isi sotuvini boshladi. Bu haqda korxona vakiliga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Rost sen na benzin - Sputnik O‘zbekiston
Benzin narxi nega oshirilgani va uning inflyatsiyaga ta’siri haqida rasman izoh berildi

2017 yil iyunda GPD (40%) va "O‘zbekneftegaz" (60%) AJ Jizzax viloyatida neftni qayta ishlaydigan zavod qurish uchun "Jizzah Petroleum" qo‘shma korxonasini tashkil qilgan edi.

"O‘ninchi yanvar kuni Toshkentda Rossiyadan import qilinuvchi avtobenzin va dizel yonilg‘isini erkin narxda sotuvchi dastlabki to‘rt AYoQShni ishga tushirdik", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Qo‘shma korxona tomonidan Ai-95, Ai-98 va yevro-5 dizel yonilg‘isi sotiladi.

Bir litr Ai-95 markali benzin va dizel yonilg‘isining narxi 8,5 ming, Ai-98 benzinining narxi esa 9 ming so‘mni tashkil etadi.

2017 yil 15-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda benzin chakana narxlari oshirilgandi. Xususan, bir litr Ai-80 markali benzin narxi 3,8 ming so‘m, dizel yonilg‘isi esa 4,1 ming so‘m etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0