Mehnat vazirligi 2018-yildagi rejalarini e’lon qildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie
Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vazirligi 2018-yilga katta rejalar bilan kirib kelmoqda. Vazirlik joriy yil uchun o‘z Dastur loyihasini e’lon qildi: unga ko‘ra, ishsizlar sonini kamaytirish, kam ta’minlangan ayollarga yordam ko‘rsatish va malakali kadrlarni O‘zbekistonda qoldirish masalalari bo‘yicha vazifalar belgilangan

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. 2018-yil 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan o‘tgan yil yakunlari hisoboti va 2018-yilgi eng muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risida vazirlik Hay’atining kengaytirilgan majlis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2018-yilda amalga oshiriladigan ishlar "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash masalasi, vazirlik faoliyatining 2017-yilning yakunlari va 2018-yilda mo‘ljallangan birinchi chorak vazifalari va boshqa masalalar muhokama etilgan.

XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chet elda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ishlaydigan tashkilot tuzildi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018-yil dastur loyihasi ishlab chiqilgan.

Vazirlik o‘z oldiga quyidagi vazifalarni belgilab olgan:

"Davlat xizmati to‘g‘risida", "Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida", "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida" qonunlar ishlab chiqiladi.

"Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minotini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida", "2018 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish Davlat dasturi to‘g‘risida", "Yuqori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olish, ularni davlat xizmatiga, iqtisodiyot tarmoqlariga keng jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida" va "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish tizimi va mehnat organlari tarkibini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston prezidentining qarori loyihalari yaratiladi.

Shu bilan birgalikda, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati a’zolari tomonidan bajarilgan topshiriqlarga tanqidiy e’tibor berish va qo‘yilgan vazifalarni va topshiriqlarni o‘z muddatida belgilangan tartibda bajarishni belgilagan.

Yangiliklar lentasi
0