Putin Suriyadan Rossiya qo‘shinlarini chiqarishni buyurdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishVilet pervoy gruppi samoletov VKS s aviabazi Xmeymim v punkti postoyannogo bazirovaniya na territorii Rossii
Vilet pervoy gruppi samoletov VKS s aviabazi Xmeymim v punkti postoyannogo bazirovaniya na territorii Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 11-dekabr kuni ertalab, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaning Xmeymim shahrida joylashgan rossiya bazasiga yetib keldi

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi Rossiya harbiy kontingentining kattagina qismini chiqarishga buyruq berdi. Putin bu haqda Suriyaning Xmeymim shahrida harbiylar bilan uchrashuvi davomida ma’lum qilgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ministr oboroni RF general armii Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada harbiy operatsiya yakuniga yetmoqda - Shoygu
Putinning so‘zlariga ko‘ra, ikki yildan sal oshiq vaqt mobaynida Rossiya Qurolli kuchlari Suriya armiyasi bilan birgalikda "xalqaro terrorchilarning eng jangovar guruhlarini tor-mor qilishga muvaffaq bo‘lgan".

Putin Rossiya harbiylari topshiriqlarni a’lo darajada bajarganliklarini, haqiqiy jasorat, qahramonlik va professionallik ko‘rsatganliklarini e’tirof etib, harbiylar o‘z yaqinlari yoniga g‘alaba bilan qaytishayotganini qo‘shimcha qildi.

"Sizlarni ona vatan kutmoqda, o‘rtoqlar. Oq yo‘l. Barchangizdan xizmat uchun minnatdorman", — dedi Rossiya prezidenti.

Putin Suriyada terrorchilarga qarshi kurash davom etishini ta’kidladi.

"Agar terrorchilar yana bosh ko‘tarsa, biz ularga ular hali ko‘rmagan zarbalarni beramiz", dedi Rossiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0