TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi Toshkentda avtomobillarga import bo‘yicha olib kelingan yoqilg‘ilarni sotuvchi AYoQSh tarmog‘ini ishga tushiradi, deb xabar bermoqda O‘zbekistondagi mahalliy OAVlar.
Benzinlarni yetkazib berish oyda bir marta amalga oshiriladi.
Ma’lum qilinishicha, 2018-yil 10-yanvardan boshlab ilk AYoQSh punktlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumani joylashgan Qushbegi dahasi, Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi, Ahmad Donish ko‘chasi, Olmazor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida ish boshlashi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekneftgaz" kompaniyasi matbuot xizmati Jizzakh Petroleum QK ishga tushishi haqida ma’lum qilgandi.
2017 yil aprel oyida esa Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd AQSh dollariga teng neftni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlangan.
Jizzax neftni qayta ishlash zavodini 2017-yil iyunda "O‘zbekneftgaz" (QKdagi ulushi 60 %) va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International sho‘ba tuzilmasining ulushi 40%) ishtirokida tuzilgan Jizzakh Petroleum QK boshqaradi.