Koreya instituti rahbari O‘zbekistondagi vazirlik maslahatchisi bo‘ldi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi bo‘ldi

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Sega O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi maqomi berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Facebookdagi sahifasida xabar qilindi.

Agentlik matbuot xizmatining bildirishicha, mehnat migratsiyasini tashkil etishda mavjud tajriba va amaliy ko‘nikmalarni hisobga olgan holda, shuningdek, koreyalik ish beruvchilar bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilishda hamkorlikda ish olib borish maqsadida mazkur tayinlov amalga oshirildi.

© Agentstvo po voprosam vneshney trudovoy migratsii pri ministerstveKoreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se
Glava Koreyskogo instituta stal sovetnikom ministerstva v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se

Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se Kvanju universitetining buxgalteriya fakulteti va oliy tijorat maktabini, Kongsang elektron hisobga olish fakulteti, Kvanju universiteti magistraturasi, Chonnam universitetining ma’muriy nazorat va boshqaruv bo‘yicha oliy siyosiy kursini tamomlagan.

22 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Koreya personalni rivojlantirish instituti o‘rtasida memorandum imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0