O‘zbekistonda 2017-yilda inflyatsiya 14,4 %ni tashkil qildi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yilda, oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 15,9 %ga oshib, umumiy inflyatsiya miqdoriga eng katta bosim ko‘rsatgan omil bo‘lgan.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilda iste’mol narxlari indeksi (inflyatsiya) 14,4 %ni tashkil qildi deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Iste’mol narxlari indeksini hisoblashda aholi eng ko‘p foydalanadigan 350 turdagi tovar va xizmatlar narxlarining o‘sishi hisobga olindi. Ular uch yirik guruhga bo‘lingan: oziq-ovqat mahsulotlari (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188 ta) va xizmatlar (66ta).  

2017 yilda Respublika iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi 14,4 % ni tashkil etdi. Alohida guruhlar bo‘yicha olganda:  oziq-ovqat mahsulotlari narxi — 15,9 %ga, nooziq-ovqat tovarlari — 16,1 %ga, xizmatlar — 8,6 %ga o‘sdi.

Narxi eng ko‘p oshgan oziq-ovqatlar ro‘yxatidan loviya (42,4 %), tuxum (36,1%), mol go‘shti (35,9 %), no‘xat (33,2%), parranda go‘shti (33,1 %), qo‘y go‘shti (31,4 %), shakar (28,8 %), margarin (21,3 %), sut (20,6 %), sariyog‘ (19,9 %), tvorog (18,5 %), qahva va choy (17,0 %), guruch (16,2 %), o‘simlik moyi (15,3 %), pishloq (15,1 %), qandolat mahsulotlari (14,0 %), bug‘doy uni (10,4 %) o‘rin olgan.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2017-yilda inflyatsiya 12-14 % bo‘lishi mumkin

Kiyim-kechak, poyabzal, gazlama va maishiy to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish molllari, madaniy mahsulotlar, shaxsiy gigiena mahsulotlari, shaxsiy transport va benzin kabi nooziq-ovqat  mahsulotlarida narxlarining oshishi jami o‘rtacha — 27,4 %ga teng bo‘ldi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha iste’mol narxlari indeksi yil davomida o‘rtacha 8,6 %ga oshdi. Eng ko‘p narx oshishi aloqa xizmatlari tariflarida (23,9 %), yuridik va bank xizmatlari (15,0 %), maishiy xizmatlar (8,3 %), uy-joy kommunal xizmatlari (7,1 %), yo‘lovchi tashish transport xizmatlari (6,9 %)da kuzatildi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra 2018-yilda 2018-yilda respublikada inflyatsiya 14,3 %ni tashkil qilishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 2018-yilda inflyatsiya darajasini 11,5 — 13,5 % oralig’ida bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0