TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Kompaniyaning bildirishicha, kiritilgan yangiliklar yo‘lovchilarga ularning talablariga mos keluvchi aviachiptalarni tanlashga imkon beradi.
"Respublika ichidagi barcha yo‘nalishda tariflarning minimal darajasi pasaytirildi. Bundan tashqari, barcha mahalliy yo‘nalishlarda guruhlar uchun tariflar kiritildi. O‘rnatilgan tariflar bo‘yicha sotiladigan joylar soni cheklangan. Yodda tuting, aviachipta qancha erta sotib olinsa, u shunchalik arzon tushadi", deyiladi xabarda.
Aviachiptalarni aviakassalarda yoki aviakompaniyaning rasmiy saytida onlayn tarzda sotib olinganidan qat’i nazar barcha tariflar birdek amal qiladi.
Avvalroq "O‘zbekiston havo yo‘llari" 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar mahalliy yo‘nalishlarda 50 % gacha chegirmalarni kiritgandi.