TOShKENT, 30 dek — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar mahalliy yo‘nalishlarda 50 % gacha chegirmalarni kiritdi, deb xabar berdi MAK matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, chegirmalar o‘zbekistonliklar mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlari, Buyuk Ipak yo‘li shaharlaridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurish imkoniyatidan foydalana olishlari uchun joriy etildi.
O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan MAKning respublika ichidagi barcha qatnovlariga 2017-yilning 30-dekabridan 2018-yilning 3-yanvariga qadar quyidagi chegirmalar ishlab chiqildi:
40% — sayyohlik guruhlari uchun (5 va undan ortiq kishi), 6 dan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar; litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun;
50% — oilalar uchun (2 va undan ortiq kishi), bolalari bilan uchadigan ota-onalar uchun.