Chegaradan "Neksiya"sida birdaniga 68ta televizor olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

© SputnikPogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto
Pogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq chegarachilar umumiy qiymati 40 million so‘mlik televizorlar kontrabandasiga chek qo‘yishgandi

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston chegarachilari "Neksiya"sida birdaniga 68ta televizor va 2160 dona lampochka olib o‘tishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Uzbekskiy pogranichnik na postu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chegarachilari 1,5 milliard so‘mlik kontrabanda tovarlarini qo‘lga olishdi

"2017 yilning 28-dekabr kuni Farg‘ona tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasida Alijon O‘rinboyevga tegishli "Neksiya" mashinasida umumiy qiymati 142,5 million so‘mlik 68ta televizor va 2160 dona lampochka borligi aniqlandi. Mazkur tovar-moddiy boyliklar o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan bo‘lgan", — dedi MXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili.

Shuningdek, mazkur tumanning Vodil aholi maskanida umumiy narxi 80 million so‘mlik ayollar kosmetikasi va elektr asboblarni chegaradan noqonuniy olib o‘tishga uringan Olimjon Madaminov ham ushlandi.

Bundan tashqari, ushbu tumanning Ko‘ktosh aholi maskanida chegaradan televizor olib o‘tishga uringan besh nafar shaxs aniqlangan. Ular chegarachilarni ko‘riboq yuklarini tashlab Qirg‘iziston hududiga o‘tib ketishgan. Ular tashlab ketgan tovarlar umumiy qiymati 40 million so‘m deb baholandi.

Yangiliklar lentasi
0