Janubiy Koreya KXDRga oliy darajada muzokaralar o‘tkazishni taklif etdi

© Sputnik / Aleksey Jidakov / Mediabankka o‘tishVid na gorod Seul s gori Namsan
Vid na gorod Seul s gori Namsan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyaning Ronxap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR va Janubiy Koreya vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi muzokaralar oxirgi marta 2015-yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Janubiy Koreya KXDRga 9-yanvar kuni ikki koreys davlatlari o‘rtasidagi chegaraviy zonada — Pxanmunj punktida — oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazishni taklif etmoqda, deb bayonot qildi Koreya respublikasining milliy uyushma masalalari bo‘yicha vaziri Cho Mon Gun. RIA Novosti xabariga asosan.

Pxenyandagi Romon ko‘chasi - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Shimoliy Koreyaga tashrif uyushtirishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In xalqqa murojaatida Pxonchxanda o‘tkazilayotgan qishgi olimpiadaga muvaffaqiyatlar tilab, unda shimoliykoreyalik sportchilar qatnashishiga ham umid bildirgan edi.

Cho Mon Gunning so‘zlariga ko‘ra, ushbu munosabat bilan Seul Pxenyanga munosabatlarni yaxshilash istagida oliy darajadagi mulozimlar uchrashuvini taklif etishga qaror qilgan.

"Umid qilamizki, Janub va Shimol Pxonchxanda bo‘lib o‘tadigan olimpiadada shimol tomonning ishtiroki masalasi bilan birgalikda Janub va Shimol o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan boshqa masalalar bo‘yicha ham muzokara o‘tkaza oladi", — deya izoh bergan Cho Mon Gun.

Janubiy Koreya Ronxap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR va Janubiy Koreya vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi muzokaralar oxirgi marta 2015-yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0