Yer solig‘ini to‘lash tartibiga o‘zgartishlar kiritildi

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Nalogi. Rascheti
Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 10-yanvariga qadar taqdim etiladi

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash muddati o‘zgardi, deb xabar bermoqda kommersant.uz.

Derevannie scheta - Sputnik O‘zbekiston
Yuridik shaxslar uchun daromad soliqlari umumlashtirildi

Soliq kodeksining 285-moddasiga kiritilgan o‘zgartishlarga binoan, yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 10-yanvariga qadar taqdim etiladi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 286-moddasiga kiritilgan o‘zgartishlarda yer solig‘ini to‘lash yuridik shaxslar tomonidan har oyning 10-kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, yer solig‘i stavkasi 2017-yilga nisbatan 1,15 foizga indeksatsiya qilindi va mazkur qarorning 19-ilovasida keltirilgan stavkalar bo‘yicha tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0