O‘zbekistonda mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida bo‘ladi

© PixabayKamera videonablyudeniya
Kamera videonablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yashash joyi xavfsizligini ta’minlash, mehmonxonaga joylashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasida har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi "E-mehmon" elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida bo‘ladi

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda turistlar xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Endilikda har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi "E-mehmon" elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek, mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida bo‘ladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning turizm bo‘yicha mutaxassislari xorijda tayyorlanadi
Ayni vaqtda turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati takomillashtirilmoqda. Xususan, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu markazlar xavfsiz turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni real vaqt rejimida potensial xavflardan xabardor etish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordamlashish bilan shug‘ullanadi. 

Hozirgi kunda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha boshqarmalar tashkil etildi va mazkur boshqarmalar boshliqlari tayinlandi. Ular, o‘z navbatida, viloyat IIB boshliqlarining o‘rinbosari hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan boshqarmalarga xorijiy tillarni mukammal biladigan xodimlar ishga qabul qilingan. 

Kazaxskaya delegatsiya priyexala dlya obmena opita v ramkax podpisannogo memoranduma - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekistonning turizm sohasidagi tajribasini o‘rganmoqda
Aytib o‘tish kerakki, mamlakatda bo‘lib turgan davrda sayyohlar xavfsizligini, transportdan foydalanish va ko‘chishlarini ta’minlash bo‘yicha turizm sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi va yetib kelgan sayyohlar hisobini yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzdagi transport infratuzilmalari va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarida plakatlar, belgilar va ko‘rsatkichlar o‘rnatilmoqda

O‘zbekiston ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Qutbiddin Burhonovning so‘zlariga ko‘ra, mobil ilova sayyohlarni O‘zbekistonda bo‘lish qoidalari, viza va ro‘yxatga olish jarayonlari, diqqatga sazovor manzillar va yo‘nalishlar, shuningdek, yaqin ichki ishlar organi tayanch punktlari va tibbiyot muassasalari to‘g‘risida xabardor qilib turadi. Mazkur mobil ilovada sayyoh huquqni muhofaza qilish organlariga mushkul vaziyatga tushib qolganlik to‘g‘risida xabar yuborishi yoki o‘z mamlakatining konsullik idorasiga murojaat yozishi mumkin.

Dokumenti v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev turkiyalik sobiq deputatni turizm qo‘mitasi raisiga maslahatchi etib tayinladi
Yashash joyi xavfsizligini ta’minlash, mehmonxonaga joylashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasida har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi "E-mehmon" elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida bo‘ladi.

Bundan tashqari, "Xavfsiz turizm" yagona apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi. Bu videokuzatuv, ma’lumotlarni tahlil qilish va avtomat ravishda qayta ishlash, huquqbuzarliklar va hodisalar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish tizimi hisoblanadi.

Turistik diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurgan sayyohlar va rasmiy xorijiy delegatsiyalar xavfsizligini ta’minlash va kechki ko‘ngilochar dasturlarni tashkil etish sohasida sayyohlarni individual himoya qilish bo‘yicha maxsus texnik vositalarga bo‘lgan talablarni ishlab chiqish va o‘rnatish ham belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0