Mirziyoyev turkiyalik sobiq deputatni turizm qo‘mitasi raisiga maslahatchi etib tayinladi

CC BY 2.0 / Joel Bombardier / baksheeshDokumenti v rukax
Dokumenti v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maslahatchi o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan respublikaning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik reja ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Milliy majlisining Antaliya viloyatidan sobiq deputati Sodiq Badak O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi etib tayinladi. Uning nomzodi Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi chog‘ida turk hukumati tomonidan taklif qilingan edi.

Turisti vo vremya ekskursii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ziyorat turizmi bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar qilinishicha, maslahatchi o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan respublikaning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik reja ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Badak shuningdek, mamlakatning turistik salohiyati yuqori viloyatlarida infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari rejalarini ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, u O‘zbekistonning turizm sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi.

Yangiliklar lentasi
0