O‘zbekkino huzurida "Multiplikatsion filmlar studiyasi" DUK tashkil etiladi

© Youtube / Uzbek Multfilm"Zumrad va Kimmat" multfilmining umumiy davomiyligi 12 daqiqa 19 soniyani tashkil qiladi
Zumrad va Kimmat multfilmining umumiy davomiyligi 12 daqiqa 19 soniyani tashkil qiladi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 28-dekabrda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. 2017-yil 28-dekabrda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.

“O‘zbekfilm”ning birinchi to‘liq metrajli multfilmi 12-dekabrda ekranlarga chiqadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017-yil 7-avgustdagi qarorini bajarish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq Agentlik huzurida "Multiplikatsion filmlar studiyasi" Davlat unitar korxonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Agentlik tizimiga kiruvchi:

"O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi" MChJni "Hujjatli filmlar kinostudiyasi" Davlat unitar korxonasiga aylantiriladi. "Yoshlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi" Davlat korxonasini "Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi" Davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlash ko‘zda tutilgan.

Qarorda, "O‘zbekkino" Milliy agentligi — kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanishi alohida qayd etilgan va uning tashkiliy tuzilmasi, Nizomi, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi Ustavi tasdiqlangan.

Ushbu qarorning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi, deyilgan "O‘zbekkino" xabarida.

Yangiliklar lentasi
0